Peskov Putinning vorisi to'g'risidagi savolga javob berdi

0

Hokimiyatni topshirish to'g'risida gap-so'z yo'q, ushbu masala kun tartibidan ham o'rin olmagan, dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov RTVi telekanaliga bergan intervyusida.

«Saylovlargacha hali uch yil bor. Kun tartibida bu masala yo'q. Vaqti kelib, prezident ehtimoliy vorisi haqida gapirar, ammo kim prezident bo'lishini bilamiz – xalq kimga ovoz bersa, o'sha bo'ladi», — dedi Peskov.

Vladimir Putin oktyabrda CNBC jurnalisti savoliga javoban voris mavzusi muhokama qilinmayotgani, ammo Rossiya konstitutsiyasi unga yana prezidentlik uchun kurashda qatnashishga imkon berishini aytgandi.

Putin 2000, 2004, 2012 va 2018 yillarda prezidentlikka saylangan. Endi u 2024 va 2030 yillarda ham saylovda ishtirok etishi mumkin. 2008–2012 yillarda Dmitriy Medvedev prezident bo'lganida prezidentlik muddatini 4 yildan 6 yilga oshirishni taklif qilgan va bu o'zgarish amalga oshgandi.

rbc.ru