Nimalarni och qoringa yeyish mumkin emas?

0

Tez tayyor bo'ladigan nonushta. Uglevodlarga boy, tez tayyorlanadigan kasha va ovqatlar qonda qand miqdorini tezda oshirib, keyin esa tushirib yuboradi va shu sababli kuchli ochlik hisini keltirib chiqaradi. Bu ochlik hisi uzoq vaqtdan keyin emas, balki bor-yo'g'i 2 soatdan so'ng paydo bo'ladi.

Kofe. Ertalab 1 stakan kofe ichish bu ajoyib, lekin afsuski och qoringa ichish bu zararli odat hisoblanadi. Kofe tarkibidagi kofein oshqozon shirasi ishlab chiqarilishiga olib keladi va bu holat hech qanday ovqat yo'q bo'lgan oshqozonda, oshqozon shilliq qavati zararlanishiga ya'ni gastritga olib keladi.

Yogurt. Och qoringa iste'mol qilingan yogurtning unchalik zarari yo'q, lekin foyda ham keltirmaydi. Eng asosiysi, bu mahsulot tarkibida hazm qilishda ishtirok etadigan foydali bakteriyalar mavjud. Lekin ular foydali xususiyatlarini faqatgina inson to'q bo'lganda ko'rsatadi, och bo'lganda esa aksincha ta'sir qiladi.