Ajratsang ham balo, ajratmasang ham…

0

Toshkent viloyatida maktabda sodir bo'lgan janjalni ajratishga uringan yigit kalaklandi.

Ma'lum bo'lishicha, shu yil 30 noyabr kuni Toshkent tumanidagi 9-sonli maktabda 18- va 31-sonli maktablarning o'quvchilari basketbol musobaqasidan so'ng janjallashgan. Shunda ularni ajratishga uringan, 18-maktabda o'quvchi 17 yoshli yigit musobaqani kuzatib o'tirgan 20 yoshli yigitdan kaltak yegan. Natijada u yengil jarohat olgan.

Hodisa yuzasidan 20 yoshli yigitga nisbatan JKning 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.