Gulnora Karimovaga Shveysariya bankidagi muzlatib qo'yilgan 70 mln dollarlik aktivlari qaytarib beriladi

0

Shveysariyaning federal jinoyat sudi Gulnora Karimova benefitsiari bo'lgan Takilant kompaniyasining muzlatilgan 350 mln dollar ko'proq mablag'ning 293 mln dollarini musodara qildi. Bu haqda Swissinfo axborot agentligi advokat Gregori Manjaga tayanib xabar berdi.

Ta'kidlanishicha, sud ishda qatnashgan bir necha kishi, shu jumladan Gulnora Karimova va uning yordamchisi pul «yuvishda» aybdor topilgani uchun ushbu mablag'larning katta qismini musodara qilgan.

Biroq, taxminan 70 mln dollar esa jinoyat natijasiga qo'lga kiritilgani aniqlanmagani uchun kompaniyaga qaytariladi. Bu haqda 2021 yilning 22 dekabr kuni Federal jinoyat sudi e'lon qilgan bayonotda qayd etilgan.

Shu bilan sud Gulnora Karimova bilan bog'liq jinoyat ishi doirasida yana bir bobni yopdi.