Bayram dasturxoni uchun ayni muddao bo'lgan yana bir shirinlik resepti bilan tanishing.
Kerakli mahsulotlar:
tayyor biskvitli rulet – 400 gramm;
plastinkali jelatin – 8 dona;
yogurt – 300 gramm;
shakar upasi – 100 gramm;
limon sharbati – 1 choy qoshiq;
rezavorlar – 250 gramm;
qaymoq – 500 gramm.
Tayyorlanish jarayoni:
Rulet bir xil shaklda kesib olinadi. Dumaloq idishga plyonka solinib, rulet bo'laklari terib chiqiladi.
Jelatin sovuq suvda 10-15 daqiqaga bo'ktiriladi. Yogurt shakar upasi va limon sharbati bilan aralashtiriladi.
Jelatin suvdan olinib, bug'da eritiladi va 2-3 osh qoshiq yogurt bilan aralashtiriladi.
Qolgan yogurt, rezavorlar ham jelatin bilan aralashtiriladi.
Qaymoq mikser yordamida ko'pirtiriladi.
Krem va yogurt asta-sekin aralashtiriladi. Tayyor bo'lgan massa rulet ustidan quyiladi va yana ruletning qolgan qismi terib chiqiladi.
Tortning ustki qismi plyonka bilan yopilib, 4-5 soatga muzlatkichga qo'yiladi.
Tortni dasturxonga tortishdan avval dumaloq idish ehtiyotkorlik bilan aylantirib qo'yiladi. Shundagina tortning shakli chiroyli chiqadi.