Yangi kasallik e'lon qilindi

0

Jahon Sog'liqni saqlash tashkiloti kompyuter o'yinlariga mukkasidan ketishni rasman xastalik deb tan oldi va eng xavfli kasalliklar ro'yxatiga kiritdi.

Tashkilot tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, kompyuter va videoo'yinlarga haddan tashqari mukkasidan ketish ruhiy buzilishning yangi turlaridan biridir. Ushbu kasallikka chalingan odamlarda 1 yil davomida uzluksiz ravishda ruhiy buzilishlar, jamiyat va oila a'zolari bilan o'zaro munosabatlar, ta'lim, kasbiy yo'nalishlardagi salbiy o'zgarishlar kuzatiladi.

JSST bunday holatda tashxis faqatgina professional shifokor yordamida qo'yilishi kerakligini ta'kidlab o'tgan.