ZANJABIL (IMBIR) KIMLARGA MUMKIN EMAS?

0

Eslatib o'tamiz, zanjabil qanchalik shifoga boy bo'lsa-da, uni ba'zi xastaliklarga chalingan kishilarga iste'mol qilish man etiladi.

Jumladan:
-nospetsifik yarali qulunj (kolit, yo'g'on ichak yallig'lanishi)da;
– oshqozon yarasida;
– taom hazm yo'li, o't pufagida tosh bo'lganda;
– homiladorlikning ikkinchi davrida;
– bola tushishi xavfi ro'y berganida;
– yurak tez urganda;
– yurakka yuklama tushganda;
– qon bosimini ko'taruvchi (gipotenziv) dorilar qabul qilish jarayonida;
– 2 yoshgacha bo'lgan bolalarda.

Shu bilan birga, zanjabilda qizdiruvchi xususiyati borligi uchun kishida yuqori harorat bo'lganida, qon ketishlarda iste'moli man etiladi. Baayni jazirama ob-havoda ehtiyotkorlik bilan qabul qilish talab etiladi. Zanjabilning o'zi tomoqqa noxush ta'sir ko'rsatishi mumkinligi bois, bunday holatda asal yohud bodom moyi iste'mol qilish darkor.

SoglomHayot