Avstraliyalik tadqiqotchilar taomnomada ko'proq krestgulli sabzavotlar, xususan, bryussel karami va brokkolining bo'lishi – keksalarda qon tomir kasalliklari xavfini kamaytirishi mumkinligini aniqladilar. Olimlar 684 ta keksa avstraliyalikning tibbiy ma'lumotlarini o'rganib chiqib, shunday xulosaga kelishdi. Har kuni 45 grammdan ko'proq krestgulli sabzavotlarni iste'mol qilgan ayollarda, bu kabi mahsulotlarni kam yoki umuman iste'mol qilmaydiganlar bilan taqqoslaganda, qon tomirlarining kalsifikatsiyasi xavfi 46 foizga pastligi ma'lum bo'ldi.
Bryussel karami ilk bor Belgiyada yetishtirilgan. Karl Linney karamni ilmiy jihatdan birinchi bo'lib ta'riflagan va uni Bryusseldan kelgan belgiyalik bog'bonlar sharafiga «Bryussel karami» deb nomlagan.
SoglomHayot