Farg'ona viloyatining Furqat tumanidagi Istiqlol MQYda o'g'rilik qilgan bosqinchilar qo'lga olingani aytilmoqda.
Furqat tumani. joriy yilning 5 yanvar kuni soat 21:30 larda uch nafar R.S., S.S va I.B. ismli shaxslar oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruh bo'lgan holda o'zganing mol-mulkini bosqinchilik yo'li bilan qo'lga kiritish maqsadida, niqoblangan holda, pichoq va skotch bilan qurollanib Istiqlol MFYda yashovchi X.M (ayol)ning yashash xonadoniga g'ayriqonuniy ravishda kirishib, ayol va uning voyaga yetmagan qiziga oshxona pichog'i bilan hujum qilib, ularni tanasining turli joylariga qo'llari bilan urib, hayot yoki sog'lik uchun xavfli bo'lgan zo'rlik ishlatib, qo'l, oyoq va og'iz sohalarini skotchlab, X.M.ning narxi 3.000.000 so'mlik bir juft tilla-taqinchoqlarini talon-toroj qilib, hodisa joyidan qochib yashirinayotgan vaqtida, tuman IIB xodimlari tomonidan daliliy ashyolar bilan qo'lga olingan.
Bu to'g'risida Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati ma'lum qildi.
Matbuot xizmatining yozishicha, mazkur holat yuzasidan Furqat tumani IIB huzuridagi tergov bo'linmasi tomonidan R.S., S.S va B.I.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi “v” bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, protsessual tartibda ushlangan.