Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o'tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “M.F.” MChJ tomonidan “E.F.” MChJga dori vositalarini sotib olish uchun 125 mln so'm o'tkazib berilgan bo'lsada, “E.F.” MChJ rahbari shu kunga qadar dori vositalarini yetkazib bermasdan yoki tadbirkorning pul mablag'ini qaytarmasdan o'zganing mulkini firibgarlik yo'li bilan qo'lga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.