Tatimagan Yangi yil! 17 yoshli talaba qiz Yangi yil kechasi yotoqxonaning 4-qavatidan pastga quladi

0

Belarusning Mogilyov shahrida 1 yanvarga o'tar kechasi 17 yoshli qiz yotoqxonaning 4-qavatidan pastga quladi.

Gap shundaki, qiz Yangi yil kuni kechqurun shaharni sayr qilishni xohlab qoladi. Ammo yotoqxona qoidalariga ko'ra kechqurun tashqariga chiqish taqiqlangan. Qiz esa 4-qavat derazasidan kiyimlaridan yasagan «arqon» orqali pastga tushishga qaror qiladi. Xonadoshiga esa tushganidan so'ng «arqon»ni shkafga solib qo'yishni iltimos qiladi. Bunga javoban xonadoshi undan ahmoqona ishlarni qilmaslikni so'raydi. Biroq, talaba buni bir necha marta qilganini aytdi.

Ammo bu safar vaziyat fojiali yakunlandi. Qiz radiatorga qo'lda yasalgan arqonni bog'lab, derazadan pastga tusha boshladi, ammo arqon yechilib ketdi. Natijada o'quvchi to'rtinchi qavatdan pastga quladi.

Qiz hozir kasalxonada. Shifokorlar uning ahvolini og'ir deb baholamoqda.

Tergovchilar sodir bo'lgan voqea yuzasidan tekshiruv o'tkazmoqda. Ular voqeaning barcha holatlarini aniqladilar: ular voqea joyini ko'zdan kechirdilar, boshqalar bilan suhbatlashdilar va ekspertizalarni tayinladilar.