Ronaldu «Manchester Yunayted»dan ketishi mumkin

0

«Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoani tark etishi mumkin, deb yozmoqda «Daily Mail».

 

Manbaga ko'ra, hammasi yangi mavsumda bosh murabbiy kim bo'lishiga bog'liq, shundan kelib chiqib, Ronaldu jamoada qolish-qolmaslikni o'ylab ko'radi. Ta'kidlanishicha, Ronaldu nemis mutaxassisi Rangnikning doimiy asosda bosh murabbiy bo'lib qolishiga qarshi.

 

Eslatib o'tamiz, 2021 yil noyabr oyida «Manchester Yunayted» Ralf Rangnikni vaqtincha bosh murabbiylikka tayinlagandi. U mavsum oxiriga qadar jamoani boshqaradi.

 

Angliya premyer-ligasining joriy mavsumida Krishtianu Ronaldu 16 o'yin o'tkazib, 8 gol, 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. YeChL guruh bosqichida esa 5 o'yinda 6 ta gol kiritdi.