Qon topshirish donor uchun xavfli emasmi?

0

Ahadjon Abduxalilov, sog'lom hayot targ'ibotchisi

-Qon topshirish donor uchun mutlaqo xavfsiz jarayon hisoblanib, u keltirib chiqaradigan asoratlar tezda bartaraf qilinadi. Biroq shunday bo'lsa-da, donorlik ba'zi noqulayliklarni keltirib chiqaradi.

-Qon beruvchi qon topshirish jarayonida jismoniy zaiflik, noqulaylik, og'riq, ko'karish, bosh aylanish kabi kichik nojo'ya ta'sirlarga duch kelishlari mumkin. Bular asosan tanada yo'qotilgan qon hisobiga yuzaga keladi.

-Qon topshirishning donor uchun bir qancha foydali tomonlari ham mavjud. Jumladan, qon berish natijasida tanada qon ishlab chiqarish jarayoni tezlashadi va bu stressni bartaraf etishga ham ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Shuningdek, donorlik yurak-qon tomir kasalliklari va yurak xuruji xavfini sezilarli darajada kamaytiradi.

«Sog'lom hayot»