Dahshat! Andijonlik taksichi Toshkent viloyatida o'ldirib ketildi

0

O'zbekiston bo'ylab haydovchilarga bosqinchilik qilib yurgan xavfli guruhlar haqida xabaringiz bor.  Kecha, 10 yanvar kuni Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti ana shunday jinoiy guruhning bir necha vakillari qo'lga olingani haqida xabar bergan edi.

Ijtimoiy tarmoqlarda bugun tarqalgan xabarga ko'ra, andijonlik taksichi Toshkent viloyatida o'ldirib ketilgan.

Aniqlanishicha, 8 yanvar kuni Andijon viloyati, Shahrixon tumanida yashovchi fuqaro O.Latipova tuman IIBga murojaat qilib, 7 yanvar kuni uydan chiqib ketib, bedarak yo'qolgan 1991 yilda tug'ilgan farzandi M.Otaxonovni topishda amaliy yordam so'ragan.

M.Otaxonov “Kobalt” rusumli avtomashinasida “Andijon-Toshkent” yo'nalishida qatnab, aholiga pullik transport xizmati ko'rsatib kelgan.

M.Otaxonov 7 yanvar kuni soat 17:55 lar atrofida Shahrixon tumanidagi avtoturargohdan bir fuqarodan 11.650 AQSh dollarini Toshkent shahridagi tanishiga olib borib berish uchun olgan hamda notanish bo'lgan 3 nafar yo'lovchilar birga o'z avtomashinasida Toshkent shahri yo'nalishida ketib, bedarak yo'qolgan.

M.Otaxonovni qotillik qurboni bo'lishi mumkinligini inobatga olib, Shahrixon tuman prokuraturasi tomonidan 9 yanvar kuni Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o'ldirish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan va malakali tergov-tezkor xodimlardan iborat tarkibda tuzilgan tergov guruhi tomonidan tergov harakatlari olib borilgan.

Tezkor qidiruv tadbirlari natijasida M.Otaxonovning murdasi 9 yanvar kuni Toshkent shahar, Yashnobod tumanidagi avtoturargohda “Kobalt” rusumli avtotransport vositasining yukxonasidan qotillik alomatlari bilan topilgan.

Jinoyatni fosh etishga qaratilgan tezkor tadbirlar natijasida 3 nafar gumonlanuvchi Qo'qon shahar hudidan ushlangan va tergovga jalb qilingan.

Jinoyat ishi bo'yicha dastlabki tergov harakatlari Andijon viloyati prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.