Senatorlar aralashuvi bilan Nazarbek QFYdagi noqonuniy qurilish to'xtatildi

0

Bugun, 11 yanvar kuni Oliy Majlis Senati Fan, ta'lim va sog'liqni saqlash masalalari qo'mitasi raisi O. Iminov, Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo'mitasi raisi M. Qodirxonovalar Senatga kelib tushgan murojaatni ko'rib chiqish maqsadida Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi holatni bevosita joyida o'rgandilar.

Xususan, Nazarbek QFYdagi maktab va maktabgacha ta'lim muassasasi uchun mo'ljallangan yer tadbirkorga noqonuniy berib yuborilib, sud qarori bo'lishiga qaramasdan, qurilish ishlari boshlangani ma'lum bo'ldi.

Ushbu masalani hal qilish maqsadida  mutasaddilar, mahalla, ichki ishlar organlari, hokimiyat vakillari ham taklif etildi.

O'rganish natijasida qurilish ishlari noqonuniy deb topilib, vaqtincha to'xtatildi. Shuningdek, bu masala tegishli tartibda qayta ko'rib chiqilishi, ushbu hududda maktab va maktabgacha ta'lim muassasasi tashkil etilishi ta'kidlandi.

darakchi.uz