Toshkentda 3 mashina to'qnashdi va…

0

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan  Olmazor tumanida sodir bo'lgan YTH yuzasidan tezkor xabar berildi.

Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra,  2022 yil 10 yanvar kuni soat 22:20 larda Toshkent shahar, Olmazor tumani, Chimboy ko'chasida, 222-uy ro'parasida «Matiz» va ikkita «Nexia-3» rusumli transport vositalari ishtirokida to'qnashuv sodir bo'lgan.

To'qnashuv natijasida ikki nafar haydovchi va bir nafar yo'lovchi tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Hozirda voqea joyida Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.