AQShda ilk marta cho'chqa yuragi insonga transplantatsiya qilindi

0

Genetik jihatdan o'zgartirilgan cho'chqaning yuragi odamga muvaffaqiyatli transplantatsiya qilindi, deb xabar qildi New York Times.

«Bu cho'chqa yuragini insonga transplantatsiya qilish bo'yicha birinchi muvaffaqiyatli operatsiya. Sakkiz soatlik operatsiya juma kuni Baltimorda amalga oshirildi va Merilend universiteti tibbiyot markazi jarrohlarining so'zlariga ko'ra, bemor o'zini yaxshi his qilmoqda», – deb yozilgan gazetada.