Fransiyadagi suv toshqinlari oqibatida bir kishi halok bo'ldi

0

Fransiyaning janubi-g'arbida kuchli yomg'irlar oqibatida suv toshqinlari sodir bo'ldi.

Qayd etilishicha, tabiiy ofat natijasida bir nafar ayol halok bo'lgan. 70 yoshli ayol Tuluza g'arbidagi Mervil yaqinidagi uyi oldida suvga cho'kib, halok bo'lgan.

Shaharga yaqin joydagi bir nechta maktablar yopilgan. Avtobuslar qatnovi ham bekor qilingan. Metro bekatlari ham suv toshqinlari sababli noma'lum muddatga yopilgan.

korrespondent.net