Dilnoza Kubayeva «Telba» filmida bo'lgan qiziqarli voqeani aytib berdi

0

Rixsitilla Abdullayev ham aynan shunday holat bilan bog'liq voqeani gapirib berdi
Aktrisa Dilnoza Kubayeva «Omon-omon»ko'rsatuviga bergan intervyusida «Telba» filmida sodir bo'lgan qiziqarli voqeani aytib berdi.

Uning so'zlariga ko'ra, o'sha kinodagi Ulug'bek Qodirov bilan gaplashgan raqami kinoda ko'ringan. U raqam film rejissyorining telefon raqami bo'lgan. «Telba» katta ekranga chiqqandan so'ng ayolga qo'ng'iroq qilib bezota qilgan.

«’Telba’ filmida Ulug'bek Qodirovdan menga xabar keladi yoki mendan unga boradi. O'sha raqam rejissyor yordamchisiniki edi. Ana o'sha ayolni rosa bezovta qilgan. Shuning uchun raqamga ehtiyot bo'lish kerak», — deydi aktrisa.
Shuningdek, Rixsitilla Abdullayev ham aynan shunday holat bilan bog'liq bo'lgan voqeani gapirib berdi. U ko'rsatuvda bir ishtirokchi yaxshi narsa yutganini va uning raqami e'lon qilinganini aytdi. Shundan keyin sovg'a yutgan insonga qo'ng'iroq qilib tahdid qilingan. Aktyor shu voqeadan so'ng telefon raqamlarni bekitishga harakat qilganini ta'kidladi.

»Raqamni to'liq aytishga ham qo'rqasan. Men bir ko'rsatuv olib borganimda, bir inson yaxshi sovg'a yutib oldi. Raqamini e'lon qilganimizdan keyin kimdir unga qo'ng'iroq qilib tahdid qilgan. Shundan keyin raqamni yashirishga harakat qilishni boshlaganmiz.