Puli ko'p «Damas» haydovchisi YPX inspektoriga 300 «ko'k»ini taklif qildi

0

Toshkent viloyati IIBB YHXBning xabar berishicha, Toshkent tumanida YPX inspektoriga 300 AQSh dollari miqdorida pora taklif qilgan haydovchi ushlangan.
Xabarda aytilishicha, joriy yilning 8 yanvar kuni Toshkent viloyati Toshkent tumani hududida xizmat olib borayotgan YPX katta inspektori serjant  U.F 2004 yilda tug'ilgan haydovchi A.A boshqaruvidagi “Damas” rusumli transport vositasini to'htatib, avtomashinani tegishli hujjatlarsiz hamda avtomashina oynalarini tegishli ruxsatnomasiz qoraytirgan holda boshqarib ketayotganligini uchun haydovchiga nisbatan O'zbekiston Respublikasi MJtKning 126 va 135 moddalariga ko'ra mamuriy bayonnoma rasmiylashtirgan va transport vositasini jarima maydoniga joylashtirgan.

Fuqaro A.A muammo yechimining noqonuniy yo'llarini izlab xodimga 3 kun davomida avtomashinani jarima maydonidan chiqarish hamda ishini ijobiy hal qilib berish evaziga unga 300 AQSh dollar miqdoridagi pullarni pora tariqasida taklif qilgan.

YPX inspektori ushbu holatda fuqaroga pora berish jinoyat ekanligini tushuntirishiga qaramay, unga to'xtovsiz pora taklif qilayotganligi to'g'risida Ichki ishlar vazirligi shahsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Toshkent viloyati bo'yicha boshqarmasiga murojaat qilgan.

Holat yuzasidan 11 yanvar kuni soat 17:30 larda IIV shahsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Toshkent viloyati bo'yicha boshqarmasi xodimlari, tuman prokuraturasi xodimlari tezkor tadbir o'tkazib, fuqaro A.A. ni YPX inspektoriga 300 aqsh dollari hisobida 3 million so'm pulni pora sifatida berayotgan vaqtda qo'lga olishgan.

Xabarga ko'ra, hozirda mazkur xolat yuzasidan Toshkent tuman prokuraturasi tomonidan O'zbekiston Respublikasi JKning 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.