Elizaveta II shahzoda Endryuni harbiy unvondan mahrum qildi

0

Buyuk Britaniya Qirolichasi Yelizaveta II jinsiy tajovuzda ayblanish fonida o'g'li shahzoda Endryu (York gersogi)ni harbiy unvonidan mahrum etgan. Bu haqda Bukingem saroyi matbuot-xizmati tomonidan ma'lum qilindi.

Unvonlardan tashqari, shahzoda qirollik tomonidan qo'llab-quvvatlanish (homiylik)dan ham mahrum etilgan.

«York gersogi rasmiy vazifalarni bajarmaslikda davom etadi va sudda oddiy shaxs sifatida o'zini himoya qiladi», deyiladi Bukingem saroyi bayonotida.

Avvalroq, shahzoda Endryu Nyu-York janubiy okrugi sudiga chaqirilgani ma'lum bo'lgan edi.

O'tgan yilning kuzida London politsiyasi o'smirlik chog'ida shahzoda Endryu bilan jinsiy aloqa qilishga majbur bo'lganini da'vo qilgan amerikalik Virjiniya Jiuffrening ko'rsatmasi asosida tergovni to'xtatishga qaror qilgan edi.

Jiuffre shahzoda Endryu tomonidan uch marta zo'rlanganligini aytmoqda. Da'vogarga ko'ra, o'sha paytda u 17 yoshda bo'lgan.

loading...

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here