Turkiya va Armaniston 10 yil ichida ilk bor muzokara o'tkazdi

0

Turkiya va Armaniston maxsus vakillarining aloqalarni normallashtirish bo'yicha birinchi uchrashuvi Moskvada bo'lib o'tdi va u 1,5 soat davom etdi. Tomonlar buni ijobiy va konstruktiv deb atadi. Bu haqda Anadolu xabar bermoqda.

Turkiya va Armaniston o'rtasida 1990-yillardan beri diplomatik aloqalar mavjud emas. Rossiyadagi muzokaralar hech qachon ratifikatsiya qilinmagan 2009 yilgi tinchlik bitimidan keyin munosabatlarni yaxshilashga qaratilgan birinchi urinishdir.

Turkiya va Armaniston tashqi ishlar vazirliklari maxsus vakillar “normallashtirish jarayoni bo'yicha dastlabki fikr almashganini” ma'lum qildi. Muzokaralarning navbatdagi bosqichi qachon bo'lib o'tishi keyinroq ma'lum qilinadi.

 

vesti.ru

loading...

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here