O'zbekistonda dollar kursi ketma-ket ikkinchi kun pasaydi

0

1 AQSh dollarining rasmiy kursi 12,07 so'mga tushdi.

O'zbekistonda dollarning rasmiy kursi 12,07 so'mga pasayib, 10 839,97 so'mni tashkil etmoqda. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 1 AQSh dollarining rasmiy kursi 12,07 so'mga tushib, 10 839,97 so'mni tashkil etgan. 1 yevro kursi 12 ming 420,44 so'mga baholanib, 29,02 so'mga tushdi. Shuningdek, 1 rubl 142,48 so'm etib belgilanib, 2,97 so'mga pasaydi.


Ma'lumot uchun, ushbu almashuv kurslari 17 yanvar, dushanba kunidan kuchga kiradi.