Xitoyda odamlar yangi virus bilan zararlanyapti

0

Xitoyda odamlarda yuqori patogenli H5N6 parranda grippi virusi bilan kasallanishning beshta yangi holati qayd etildi.

Janubi-g'arbiy Sichuan provinsiyasining ikki nafar fuqarosi ushbu infeksiyadan vafot etgan. Sharqiy Chjeszyan provinsiyasidagi Xanchjou shahrida yashovchi bir odam ham mazkur virusni yuqtirib olgan. Shifokorlar uning ahvolini og'ir, deb baholamoqda. Yana ikki bemor janubiy Guansi-Chjuan avtonom viloyati aholisi bo'lib, ular ham og'ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan.

Odamlar orasida parranda grippining H5N6 shtammi birinchi marta 2014 yilning mayida aynan Xitoyning Sichuan provinsiyasida aniqlangan edi.

tass.ru

loading...

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here