Samarqandda «Jihodchilar» va «Hizb ut-Tahrir» targ'ibchilari qo'lga olindi

0

Samarqand viloyatida «Hizb ut-Tahrir» va «Jihodchilar» ekstremistik oqimlarining g'oyalarini targ'ib qilgan shaxslar ushlandi. Bu haqda O'zA xabar berdi.

Ma'lum bo'lishicha, Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi hamda ichki ishlar idoralari xodimlari hamkorligida tadbir o'tkazilgan. Aniqlanishicha, ishtixonlik 34 yoshli R.M. «Hizb ut-Tahrir» ekstremistik oqimning Qirg'izistondagi rahnamosi bilan aloqada bo'lgan.

Qayd etilishicha, R.M. uning ko'rsatmasi bilan tashkilot g'oyalarini internet orqali targ'ib qilgan va ishga aloqador ashyoviy dalillar xolislar ishtirokida olib qo'yilgan.

Shu bilan birga, Oqdaryo tumani Loyish shaharchasida yashovchi 32 yoshli B.J. hamda urgutlik 36 yoshli X.S. «Jihodchilar» oqimi rahnamolarining ekstremistik mazmundagi materiallarini ijtimoiy tarmoqda virtual do'stlariga tarqatib kelgani aniqlanib, qo'lga olindi.

Hozirda ularga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda