18 kundan so'ng qishki olimpiya o'yinlari boshlanishi kerak bo'lgan Xitoyda ilk bor omikron shtammi aniqlandi

0

Pekin yaqinidagi Xaydyan shahrida qishki olimpiya o'yinlariga aloqodor shaxsda koronavirusning o'ta yuquvchan varianti aniqlangan. Bu haqda The  Global Times nashri xabar berdi.
Shanxay va Guandun provinsiyalarida ham kecha 15 yanvar kuni omikron bilan kasallanish holatlari qayd etilgan. Milliy sog'liqni saqlash komissiyasi ushbu hududlarda omikronning keng tarqalishi ehtimoli yuqoriligi haqida ogohlantirgan.

Xalqaro olimpiya qo'mitasi Pekin—2022 ishtirokchilarini omikron butun dunyo bo'ylab tarqalayotgani sababli “o'z vaqtida ehtiyot bo'lish” haqida ogohlantirdi va barchadan safar oldidan besh kun davomida “olomon joylardan saqlanishni” so'ramoqda.

COVID-19 ga qarshi to'liq emlanganlarning barchasi Olimpiya o'yinlarida qatnashishga keladigan delegatsiya vakillari Xitoyga kelgandan so'ng 21 kun davomida karantinda bo'lishlar shart bo'lmaydi. Faqat har kuni testdan o'tkazilib turiladi, deyiladi The  Global Times xabarida.

Ria Novosti