AQShda politsiya xodimi reanimatsiyadagi mahbusni otib tashladi

0

AQShning Shimoliy Karolina shtatida politsiyachi avval hibsda bo'lgan va  tez yordam bo'limiga olib kelingan erkakni otib o'ldirdi.

Hodisa 15 yanvar kuni tongda, mahbusning ofitser bilan mushtlashuvidan so'ng sodir bo'lgan, deydi rasmiylar.

Darem politsiyasining nazorati ostida bo'lgan erkak Dyuk universiteti kasalxonasida davolanayotgan bo'lgan. Muolaja vaqtida u politsiyachiga hujum qilib, qurolini tortib olgan.

Ofitser hujumchini boshqa to'pponcha bilan otgan. Kasalxona tibbiyot xodimlari erkakka yordam ko'rsatgan, biroq u vafot etgan.

Hodisada boshqa hech kim jabrlanmagan.

gazeta.ru