Avstriyada koronavirusga qarshi emlanish majburiy bo'lmoqda

0

Avstriya Yevropada o'n sakkiz va undan katta yoshdagi fuqarolar uchun majburiy koronavirusga qarshi emlashni joriy qilgan birinchi davlatga aylanadi. Bu haqda mamlakat kansleri Karl Nexammer ma'lum qildi, deb yozmoqda Euronews. Qayd etilishicha, bu uchun parlamentda ovoz berish 20 yanvarga belgilangan.

 «Joriy yilning fevral oyi boshida emlash to'g'risidagi qonun kuchga kirishi kerak. Odamlar koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash va barcha kerakli ma'lumotlarni olish imkoniyatiga ega bo'ladi. Mart oyining o'rtalaridan boshlab qonun ijrosini nazorat qilishni boshlaymiz. Bundan buyon politsiya ham fuqarolarning emlash guvohnomasi yoki tibbiy emlashdan ozod etilganligi haqidagi hujjatni tekshira oladi”-deydi Avstriya kansleri.

Ma'lumot uchun, homilador ayollar va sog'lig'i sababli emlash taqiqlangan fuqarolar vaksinatsiyadan ozod qilinadi.

Qonun loyihasida emlashdan bosh tortganlik yoki emlash sertifikati yo'qligi uchun 600 yevro miqdorida jarima ko'zda tutilgan. Jarimaning maksimal miqdori 3,6 ming yevroni tashkil qilishi mumkin.

TASS