Rossiyada o'zbekistonlik ishchining o'limi yuzasidan jinoyat ishi qo'zg'atildi

0

Rossiyada o'zbekistonlik ishchining o'limi yuzasidan jinoyat ishi qo'zg'atildi. Bu haqda «Fontanka» xabar berdi.

10 yanvar kuni tushdan keyin Tuchkov Buyan hududidagi qurilish maydonchasida ishchi balandlikdan qulab tushgan. Natijada voqea joyida halok bo'ldi. 37 yoshli erkak Sankt-Peterburgga O'zbekistondan kelgan bo'lib, uni yakka tartibdagi tadbirkor ishga yollagan.

Mazkur holat yuzasidan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 216-moddasi («Qurilish yoki boshqa ishlarni bajarishda xavfsizlik qoidalarini buzish») bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.