Turkmaniston hukumat delegatsiyasi O'zbekistonga tashrif buyuradi

0

Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining o'rinbosari Serdar Berdimuhamedov boshchiligidagi delegatsiya O'zbekistonga keladi. Bu haqda mamlakat Prezidentining farmoyishi imzolangan, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Turkmaniston davlat axborot agentligi xabariga ko'ra, tashrifdan maqsad Turkmaniston va O'zbekiston o'rtasidagi savdo-iqtisodiy, siyosiy va diplomatik aloqalarning asosiy yo'nalishlari bilan bog'liq masalalarni muhokama qilish, shuningdek, ishchi uchrashuv va muzokaralar o'tkazishdan iborat.

Kecha Turkmaniston rahbari O'zbekiston bilan tovar ayirboshlash hajmini oshirish, shuningdek, ikki mamlakat xo'jalik sub'yektlari o'rtasida o'zaro manfaatli sheriklik munosabatlarini kengaytirish, qo'shma savdo markazi – «Turkmaniston – O'zbekiston» chegara savdo zonasini tashkil etish va uning faoliyatini tartibga solish to'g'risidagi hukumatlararo bitimlarni ratifikatsiya qildi.