Abu-Dabida portlash: uch kishi halok bo'ldi (video)

0

Abu-Dabida uchta neft sisternasining portlashi oqibatida olti kishi jarohatlandi, uch kishi halok bo'ldi. Bu haqda shahar politsiyasi ma'lum qildi.

Voqea Mussafa sanoat portida, ADNOC neft kompaniyasi omborlari yaqinida yuz bergan. Portlash kichik yong'inga sabab bo'l, hozirda yong'in bartaraf etilgan.

Fojia oqibatida bir nafar Pokiston fuqarosi va ikki nafar Hindiston fuqarosi halok bo'lgan. Jarohatlanganlar yengil va o'rtacha og'irlikdagi jarohatlar olgan”, — deyiladi departament xabarida.

Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, hodisaga ikki hududga qulagan kichik samolyotlar, ehtimol dronlar sabab bo'lgan, deya xabar beradi politsiya. Reuters xabariga ko'ra, hujum uchun javobgarlikni Eronga aloqador Yaman hutiy guruhi o'z zimmasiga oldi.

m24.ru