Xorazm viloyati Yangibozor tumani hokimining xizmat avtomashinasi YTHga uchradi.
Ma'lum bo'lishicha, 11 yanvar kuni Urganch shahrida ikkita Neksiya avtomashinasi to'qnashgan. 27 yoshli haydovchi Neksiyada boshqaruvni yo'qotib qarama-qarshi yo'lga chiqib ketgan va Yangibozor tumani hokimi o'rinbosarining xizmat avtomashinasiga borib urilgan. U avtomobilni 55 yoshli haydovchi boshqargan. Natijada yosh haydovchi halok bo'lgan.
YTH vaqtida mashinada mansabdorning o'zi bo'lmagan. Hozirda tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.