Qaysi viloyatda doimiy aholi eng ko'p

0

Davlat statistika qo'mitasi O'zbekiston hududlarining 2022 yil 1 yanvar holatiga ko'ra doimiy aholisi sonini ma'lum qildi.

Hududlar kesimida aholi quyidagicha taqsimlangan:

➖Samarqand viloyati – 4 mln 312 ming 99 kishi;

➖Farg'ona viloyati – 3 mln 896 ming 393 kishi;

➖Qashqadaryo viloyati – 3 mln 408 ming 313 kishi;

➖Andijon viloyati – 3 mln 253 ming 501 kishi;

➖Toshkent viloyati – 2 mln 941 ming 620 kishi;

➖Namangan viloyati – 2 mln 931 ming 66 kishi;

➖Toshkent shahri – 2 mln 860 ming 511 kishi;

➖Surxondaryo viloyati – 2 mln 743 ming 196 kishi;

➖Buxoro viloyati – 1 mln 976 ming 866 kishi;

➖Qoraqalpog'iston – 1 mln 948 ming 496 kishi;

➖Xorazm viloyati – 1 mln 924 ming 167 kishi;

➖Jizzax viloyati – 1 mln 443 ming 380 kishi;

➖Navoiy viloyati – 1 mln 338 ming 69 kishi;

➖Sirdaryo viloyati – 878 ming 599 kishi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekistonning doimiy aholisi soni 2022 yil 1 yanvar holatiga ko'ra 35,2 million kishini tashkil etgan. Shundan 17,5 million nafari ayollar, 17,7 million nafari erkaklar.