SSV – O'zbek-qozoq chegarasidan o'tish vaqtincha to'xtatildi, lekin havo yo'llari ochiq

0

Sog'liqni saqlash vazirligi ma'lumotiga ko'ra, tegishli vazirlik va idoralarning taklifiga bilan kecha, ya'ni 15 yanvardan O'zbekistonning Qozog'iston bilan chegarasini ikki davlat fuqarolari kesib o'tishi vaqtincha to'xtatildi.

Vazirlikning qayd etishicha, bunga so'nggi kunlarda O'zbekistonda oshayotgan COVID-19 bilan kasallanish ko'rsatkichlari sabab bo'lgan.

Qozog'iston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi ma'lumotlariga ko'ra,  mamlakatda birgina 15 yanvarda 13,6 ming kishida koronavirus infeksiyasi qayd etilgan.

Bu 11 yanvarga nisbatan qariyb 9 ming, 14 yanvarga nisbatan esa 1,2 mingta ko'p ko'rsatkichdir.

Shunga qaramay, O'zbekistonning Qozog'iston bilan chegarasini ikki davlat fuqarolarining kesib o'tishi bilan bog'liq cheklovlar quyidagi shaxslarga tatbiq etilmasligi aytilmoqda:

havo yo'llari orqali kiruvchi barcha toifadagi fuqarolar;
chegaradosh temir yo'l stansiyalari va avtomobil o'tkazish chegara
punktlari orqali vataniga qaytgan O'zbekiston va Qozog'iston fuqarolari (keyingi o'rinlarda tomonlarning fuqarolari deb yuritiladi);
hukumatlararo kuryerlik aloqasi xodimlari;
xalqaro yuk tashishni amalga oshiruvchi haydovchilar;
rasmiy (hukumat) delegatsiyalari tarkibida bo'lgan shaxslar;
diplomatik vakolatxonalar, konsullik muassasalari va xalqaro tashkilotlar xodimlari, shuningdek, ularning oila a'zolari;
Qozog'iston hududida joylashgan O'zbekiston ob'yektlari, shuningdek, O'zbekiston hududida joylashgan Qozog'iston ob'yektlariga xizmat ko'rsatuvchi xodimlar;
ushbu davlatlarda investitsiya loyihasi doirasida o'z faoliyatini amalga oshirayotgan O'zbekiston, shuningdek, Qozog'iston fuqarolari;
O'zbekistonda doimiy yashovchi Qozog'iston fuqarolari, shuningdek, Qozog'istonda doimiy yashovchi O'zbekiston fuqarolari;
mazkur davlatlarda ta'lim oladigan tomonlarning fuqarolari;
og'ir kasal bo'lgan yaqin qarindoshlarini ko'rish yoki yaqin qarindoshlarining dafn marosimida qatnashish zarurati tufayli tibbiy maqsadda kiruvchi (ketayotgan) tomonlarning fuqarolari;
vafot etgan O'zbekiston fuqarolarining jasadini olib borishda Qozog'iston hududida va Qozog'iston fuqarolarining O'zbekiston hududida hamrohlik qilayotgan tomonlar fuqarolari.