Kuchli qor va qor bo'roni vaqtida «O'zbekiston havo yo'llari» Milliy aviakompaniyasining «Toshkent-Minsk» reysini amalga oshirayotgan Airbus A-320 samolyoti harakatlanish vaqtida uchish-qo'nish yo'lagidan chiqib ketdi.
Hodisa soat 11:45 atrofida yuz bergan.
Ta'kidlanishicha, samolyot bortida 115 nafar yo'lovchi bo'lgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, qurbonlar yo'q. Hodisa oqibatida samolyotga zarar yetmadi.
Favqulodda yordam xizmatlari qoidalarga muvofiq ishlamoqda, deyiladi xabarda.