UzAuto Motors aksiyalari birja orqali sotiladi

0

«Huquqiy axborot» telegram kanalining xabar berishicha, ayrim aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalari birja orqali sotiladi.
Xabarda aytilishicha, “Kapital bozorini qo'llab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini joriy etishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–90-son, 17.01.2022 y.) qabul qilingan.

Qarorga muvofiq, 2022 yil 1 apreldan 2024 yil 31 dekabrgacha:

— O'zbekiston rezidenti va norezidenti bo'lgan jismoniy shaxslarning aksiyalardan olgan dividendlari daromad solig'idan ozod qilinadi;

— norezident yuridik shaxslarning aksiyalar bo'yicha dividendlari uchun foyda solig'ining 5 foiz stavkasi tatbiq etiladi;

— rezident va norezident jismoniy va yuridik shaxslarning xo'jalik jamiyatlari obligatsiyalari bo'yicha daromadlari daromad solig'i va foyda solig'idan ozod qilinadi.

Qarorga muqofiq, bir qator aksiyadorlik jamiyatlari birja orqali sotiladi.