YTH sabab yana bir haydovchi olamdan o'tdi

0

17 yanvar kuni Yunusobod tumanida xaydovchi — 1975 y.t, A.A. o'ziga tegishli bo'lgan «Kobalt» rusumli avtomobilini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo'qotib beton to'siqqa urilgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

Natijada xaydovchi A.A. olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.

Avtomobilda yo'lovchi sifatida ketayotgan – 1976 y.t., A.U. «chap oyoq boldir bo'g'imi sinishi» tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Holat bo'yicha Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bo'yicha jinoyat ishi qo'zg'atildi.