BMT xodimi Turkiyada qor ko'chkisi ostida qolib ketdi va…

0

U  kurortda qor ko'chkisi ostida qolib ketgan.

Turkiyaning Kayseri viloyatidagi Erjies tog'-chang'i kurortida BMT xodimi halok bo'ldi, deb yozmoqda Darakchi Zamon.uz’ga tayanib.

Ta'kidlanishicha, 3 nafar Kanada fuqarosi 2700 metr balandlikda kurortdagi maxsus jihozlangan chang'i yo'lagidan chiqib ketgan va qor ko'chkisi ostida qolgan.

Natijada ulardan biri vafot etdi.

Qayd etilishicha, qurbon bo'lgan 45 yoshli erkak BMTning Turkiyaning Gaziantep shahridagi vakolatxonasi xodimi bo'lgan. Meteorologlarning ma'lumotlariga ko'ra, o'sha kuni chang'i markazi hududida shamol tezligi soatiga 25 km ga etgan.