Is gazi yana uch kishining yostig'ini quritdi

0

Farg'ona shahrida uch kishi is gazidan zaharlanish oqibatida vafot etdi. Bu haqda shahar hokimi qarori ma'lum qilingan.

Joriy yilning 14 yanvar kuni (soat 13:00) Farg'ona shahar «Istiqlol» mahalla fuqarolar yig'inida yashovchi ikki nafar fuqarolarni jasadlari hamda shu xonadonga mehmonga kelgan bir nafar fuqaro Respublika shoshilinch tibbiy tez yordam ilmiy markazi, Farg'ona filialiga olib borilib, tez tibbiy yordam ko'rsatilganligiga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.

Sud tibbiy ekspertizaning dastlabki xulosasiga ko'ra — is gazidan zaharlangan deb gumon qilinayotganligi ma'lum qilindi.

Shuningdek, mazkur favqulodda vaziyatni o'rganish bo'yicha shahar komissiya tarkibi tasdiqlandi.