Krishtianu Ronaldu FIFA tomonidan mukofotlandi

0

«Manchester Yunayted» va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu FIFA tomonidan maxsus sovrin bilan mukofatlandi.

Ma'lum qilinishicha, Ronaldu 2021 yilda terma jamoa safidagi gollarini 115taga yetkazib oldi va bu borada birinchi o'ringa chiqib oldi. FIFA prezidenti Janni Infatino esa Krishtianuni maxsus sovrin bilan taqdirladi.

Ronaldu 2021 yilda Portugaliya terma jamoasi safida 13ta gol urishga muvaffaq bo'ldi hamda Ali Daiga tegishli rekordni yangiladi.