«Omikron”ning avlodlari mavjud va u Shvetsiyada aniqlandi

0

Shvetsiyaning Uppsala shahridagi akademik laboratoriyada “Omikron”ning yangi mutatsiyasi – koronavirus shtammi topildi. Bu haqda Upsala Nya Tidning gazetasi xabar bermoqda.

Mutatsiya 14 yanvar kuni uchta odamda aniqlangan.

Xabarda aytilishicha, yangi shtam BA.2 deb nomlangan. Laboratoriya vakili Mats Martinelning so'zlariga ko'ra, BA.2 oldingi versiya bilan raqobatlasha oladimi yoki yo'qligini tushunish uchun qo'shimcha ma'lumot kerak.

Biroq, u Uppsalada BA.2 ko'proq holatlar bo'lishi mumkinligini qo'shimcha qildi, chunki yangi kichik turlar chuqurroq ketma-ketlikni talab qiladi.

Boshqacha qilib aytganda, ushbu mutatsiya COVID-19 bilan kasallangan ayrim bemorlarda topilmagan bo'lishi mumkin.

Biroq nashrning qayd etishicha, mutatsiya Daniya, Norvegiya va Hindistonning Kalkutta shaharlarida ham topilgan va u yerda keng tarqala boshlagan.