Rossiyada “omikron” antitanachalarini aniqlaydigan test yaratildi

0

Gamaleya nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya markazi olimlari koronavirusning omikron shtammini zararsizlantiradigan antitanachalarni aniqlaydigan test yaratishdi.

“Bizda “omikron” antitanachalarini aniqlaydigan test tizimi bor, biroq u hozir faqat markazimizda”, – dedi Gamaleya markazi direktori Aleksandr Ginsburg RIA Novosti bilan suhbatda.

Oldinroq Ginsburg o'zi “omikron”ni yuqtirib olgani, ammo “Sputnik V” vaksinasi bilan emlangani bois kasallanmaganini ma'lum qilgan edi.

Buni aynan shu yangi test aniqlab bergan.