O'zbekistonliklar uchun BAAga kirishda yangi cheklovlar o'rnatildi

0

“Uzbekistan Airways” xabariga ko'ra, 17 yanvardan O'zbekiston fuqarolari Birlashgan Arab Amirliklariga jo'nab ketishdan 48 soat avval olingan PZR testning manfiy natijasini taqdim etishi kerak.

Bundan tashqari, Dubay va Sharjaga yetib kelgandan so'ng, aeroportda PZR test topshirish kerak.

Yo'lovchi test natijasini olmaguniga qadar o'zini yakkalashi talab etiladi.