Xitoyda tug'ilishlar soni pasaydi

0

Mamlakat Milliy statistika byurosi (NBS) ma'lumotlariga ko'ra, Xitoyda tug'ilish ko'rsatkichi ohirgi 60 yillikka nisbatan eng past darajaga tushib ketgan.
2021 yilda atigi 10,6 million chaqaloq tug'ildi, bu o'rtacha o'lim darajasidan biroz ko'proq, deb yozmoqda Euronews.

2016 yildan beri “bir bola siyosati”ga kiritilgan o'zgartirishlar kutilgan natijaga olib kelmadi, chunki fikrlash tarzining o'zgarishi va mulk narxining oshishi ko'plab yosh er-xotinlarni bir nechta farzand ko'rish istagini pasaytirdi.

Xitoy so'nggi paytlarda virus tarqalishi, ko'chmas mulk bozoridagi pasayish va ba'zi tarmoqlarda bir qator keng ko'lamli tartibga solish choralari bilan kurashmoqda.