Bosh ichi bosimi (vnutricherepnoe davlenie) qanday kasallik va nima sababdan kelib chiqadi?

0

Bosh ichi bosimi (KIB) kasallik emas, xuddi arterial qon bosimi singari barcha odamlarda mavjud. Ushbu ko'rsatkichning oshib ketishi esa kasallik deyiladi.

-Bosh suyagi ichida juda ko'plab asab hujayralari bilan bir qatorda suyuqlik ham mavjud bo'lib, ushbu suyuqlik orqa miya suyuqligi yoki likvor deb ataladi. Ushbu suyuqlik miqdori bosh suyagi ichidagi bosim ko'rsatkichini belgilaydi. Ko'rsatkichning oshishi esa miya to'qimalarida o'zgarishlarni keltirib chiqaradi.

– Bosimning oshishiga bosh va miya jarohatlari, gipertoniya, miya sohasida o'smalar, insult, buyrak usti bezi kasalliklari, gipertireoz, quloq kasalliklari, meningit va ensefalit kasalliklari sabab bo'ladi.

– Bosim oshishini uy sharoitida arterial qon bosimini o'lchash kabi aniqlab bo'lmaydi. Aniqlash uchun shifokorga murojaat qilish lozim. Bunda UTT, MRT, KT va maxsus tekshiruvlardan foydalaniladi.

«Sog'lom hayot»