Dunyodagi eng keksa erkak vafot etdi

0

Ispaniyaning Leon shahrida dunyodagi eng keksa erkak vafot etdi. Bu maqom ispaniyalik Saturnino de la Fuente Garsiyaga tegishli edi. Ginnesning rekordlar kitobi veb-saytiga ko'ra, u 112 yoshga kirgan. Bu haqda La Vanguardia ma'lum qildi.

Saturnino de la Fuente Garsiya 112 yil 341 kun yashagan. U Leondagi Fleming prospektidagi uyida vafot etgan.

Ispaniyalik 2021 yil 10 sentabrda Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan edi, o'sha paytda u 112 yoshu 211 kunlik edi.

Rekordchi 1909 yil 11 fevralda Leonda tug'ilgan. Bo'yi past bo'lgani uchun u Ispaniyadagi fuqarolar urushi davrida armiyaga olinmagan.

Kasbi poyabzalchi, do'stlari uni «Pepino» deb atashgan. Garsiya sakkiz farzandni tarbiyalagan, ulardan uchtasi hozirda hayot emas. Uning ortida 14 nevarasi va 22 chevarasi qoldi.