Erkak xotinini farzandlari ko'z o'nggida o'ldirdi. Sababi…

0

Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida qotillik sodir bo'ldi.

Mavjud ma'lumotlarga ko'ra, erkak xotini undan ko'p pul topgani uchun ayol bilan tez-tezdan janjallashib turgan. Ushbu janjallar er-xotinning ayro yashashiga ham sabab bo'lgan.

Qotillik sodir bo'lgan kuni erkak ayolning vaqtincha olgan uyiga kelgan va uch nafar farzandining ko'z o'nggida xotiniga 14 marta pichoq urgan. Natijada ayol hodisa joyining o'zida vafot etgan. Sud qaroriga ko'ra, erkak 17 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.