Farg'onada Lacetti piyodalar o'tish joyida ona-bolani urib yubordi

1

Farg'ona viloyati Farg'ona shahrida Lacetti avtomashina haydovchisi yo'lning qatnov qismidan o'tayotgan ona-bolani urib yubordi. Bu haqda Farg'ona viloyati IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Ma'lum bo'lishicha, 19 yanvar kuni soat 11:00 larda Farg'ona shahar hududidan o'tuvchi 4R-140A avtomobil yo'lining 8-kilometrida haydovchi, 1987 yilda tug'ilgan Y.A. Lacetti rusumli avtomobilni boshqarayotib, piyodalar o'tish joyidan yo'lni kesib o'tayotgan fuqaro, 2001 yilda tug'ilgan M.M. va uning qo'lidagi farzandi F.M.ni urib yuborgan.

Hodisa natijasida, piyoda M.M.ga birinchi tez tibbiy yordam ko'rsatilgan va qo'lidagi farzandi, 2021 yilda tug'ilgan F.M. tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

1 TA FIKR

Comments are closed.