Husnora Shodiyeva o'zi haqida tarqalgan mish-mishlarga oydinlik kiritdi

0

U bu haqda Instagram sahifasida aytgan.
Xonanda, aktrisa, teleboshlovchi Husnora Shodiyeva sevgan yigiti borligi haqidagi mish-mishlarga aniqlik kiritdi.

U Instagram sahifasida kuzatuvchilari bilan savol-javob o'tkazdi. Shunda obunachilaridan biri uni bir oy oldin sevgan yigiti bilan ko'rganini aytgan. Bunga javoban teleboshlovchi mish-mishlar shunday tug'ilishini ta'kidlagan. Shuningdek, Husnora Shodiyeva hayotida muhim voqea sodir bo'lsa buni Instagram sahifasida baham ko'rishini aytgan.

«Nima? Mish-mishlar shunday tug'iladi. Do'stlar, men erkinman va men hech kim bilan yurmayman. Hayotimda o'zgarishlar bo'lsa, men sizlar bilan baham ko'raman», — deydi xonanda.