Ispaniya Superkubogida g'alaba qozongan “Real” vakillariga oid statistika va faktlar

0

▫️Karlo Anchelotti “Real” boshqaruvidagi beshinchi va faoliyatidagi 21-sovringa ega chiqdi. U madridliklar bilan ilk bor Ispaniya Superkubogini qo'lga kiritdi;

 

▫️Karim Benzema “Real” safida joriy mavsum 27 o'yinda 24 ta gol urdi;

 

▫️Luka Modrich “Real” safida joriy mavsumdagi dastlabki golini urdi. Luka Ispaniya Superkubogida gol urgan eng yoshi katta (26 yosh-u 129 kun) futbolchiga aylandi;

 

▫️Marselo “Real” safida 23-sovrinini qo'lga kiritdi va bu borada Fransisko Xentoning rekordini takrorladi;

 

▫️Tibo Kurtua “Real” safida ketma-ket ikkita penaltini qaytardi. Unga qadar 19 ta zarbada shuncha seyv ijro etgandi;

 

▫️Benzema barcha musobaqalar doirasida “Atletik B”ga 18 ta gol urgan. Fransuz boshqa hech qaysi klubga buncha ko'p gol urmagan.